TIQXMMI yangiliklari

img
02.11.2023

“O‘zsuvta'minot” AJning stipendiyasi g'oliblari munosib taqdirlanishdi

        “Toshkent shahar suv ta'minoti” MChJ direktorining 2023 yil 6 martdagi buyrug‘iga asosan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti talabalari o‘rtasida “O‘zsuvta'minot” AJning maxsus stipendiyasi” tanlovi o‘tkazilgan. 

 

Ushbu tanlov doyrasida 2023-yil 25-oktabr kuni g’olib bo’lgan talabalarni taqdirlash marosimi bo’lib otdi. Ushbu marosimga “Gidromelioratsiya” fakulteti dekani Fathulloyev Alisher Mirzatillayevich, fakultet iqtidorli talabalar rahbari Atakulov Dinislam Yermaganbet o’gli va tanlov g’oliblari ishtirok etdilar.

Yakuniy bosqichda komissiya a'zolari tomonidan savol-javob tarzida suhbat o‘tkazilib, tanlov natijasiga ko‘ra “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti "Gidromeliyoratsiya" fakulteti talabalari Tojimurodov Faxriddin Jahongir o'g'li, Bektashov Behro'z Nuriddin o'g'li hamda Xamdamboyeva Aziza Xamid qizi “O‘zsuvta'minot” AJning maxsus stipendiyasi” tanlovi g‘oliblari sifatida taqdirlandi. G’oliblarga “Toshkent shahar suv ta'minoti” MChJ direktori Abbasxanov Maqsud Numanovich tomonidan “O‘zsuvta'minot stipendiyasi” guvohnomasi topshirildi.

Tanlovning asosiy maqsadi davlat va jamiyatga yetuk, yosh, raqobatbardosh kadrlarni yetishtirib berish, yoshlarni vatanparvarlik ongida tarbiyalash, intellektual salohiyatini oshirish, oliy o‘quv yurtlardagi iqtidorli talabalarni aniqlash, ularning o‘z salohiyatlarini namoyon etishlariga imkoniyatlar yaratish, jamoatchilik, fidoyilik fazilatlarini shakllantirish, talabalik nufuzini oshirish hamda rag‘batlantirishdan iboratdir.Tanlov g‘oliblari “Toshkent shahar suv ta'minoti” MChJ tomonidan yil davomida har oyda bir marta 500 000 so‘m miqdorida moddiy rag‘batlantirilib boriladi.

Universitet matbuot xizmati