TIQXMMI yangiliklari

img
27.10.2023

Tajriba-amaliyotida

      2023 yil 26-oktabr kuni “TIQXMMI” MTU “Iqtisodiyot” fakulteti “Turizm” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun seminar-trening tashkil etildi. Tadbirni fakultet dekani R.Xakimov ochib berib, mutaxassislarni tanishtirib, sohaning bugungi kundagi mamlakatimiz iqtisodiyotidagi o‘rni va uning xususiyatlari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdilar.

          Seminarni o‘tkazishda “Kongress center” “Hilton” mehmonxonasi menejeri Nafasov G‘ayratjon Ismoil o‘g‘li hamda “Eneperas Hotel” mutaxassisi Rixsieva Umida Xikmatillayevnalar talabalar uchun “Turizm” sohasi bo‘yicha tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

       Mutaxassislar tomonidan bugungi kunda mehmonxona biznesi, restoran biznesi, turistik logistika, xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlari, Turizm buxgalteriyasi, front ofis hamda F/B yo‘nalishlari to‘g‘risida atroflicha tushuntirishlar va maslahatlar berib o‘tdilar. Talabalar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan sohaga oid savollariga atroflicha javoblar olishdi. Seminar-trening so‘ngida “Turizm” yo‘nalishi talabalarini bilim va ko‘nikmalarini oshirish borasida samarali takliflar olindi.

“Iqtisodiyot” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiyev axboroti

Universitet matbuot xizmati