TIQXMMI yangiliklari

img
26.10.2023

Ogohlantirish - burch

2023 - yilning 26 - oktabr kuni "Gidromelioratsiya" fakultetining ijara uylarda yashayotgan talabalari uchun "Texnika xavfsizligi" va "Is gazi va botulizmdan himoyalanish" mavzusida tushuntirish ishlari olib borildi. Ushbu uchrashuvda Yoshlar masalalari va maʼnaviy maʼrifiy ishlar bo‘yicha prorektor Ro‘zimurot Choriyev, Fakultet dekani Fatxulloyev Alisher Mirzatillayevich, “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi mudiri texnika fanlari doktori, dotsent Xojiyev Aliakbar Abdumannopovich, dotsent Xaydarov Tuygun Anvarovichlar ishtirok etishdi.

Ushbu uchrashuvda mutaxassislar tomonidan talabalar uchun kerakli tushunchalar berildi hamda universitet prorektori talabalar xavfsizligi yuzasidan ogohlikka chaqirdi.

Universitet matbuot xizmati