TIQXMMI yangiliklari

img
24.10.2023

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida Toshkent arxitektura qurilish universiteti rektori professor Ercan Kahya rahbarligida Turkiyalik olimlar delegatsiyasi bilan davra suhbati o‘tkazildi

Uchrashuv mobaynida "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti va Toshkent arxitektura qurilish universiteti professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ilmiy maqolalar va laboratoriyalardan hamkorlikda foydalanish kabi masalalar muhokama qilindi.

Suv xo‘jaligi, Gidrologiya, Qurilish, Atrof muhit muhofazasi, Muxandislik texnologiyalari, Sunʼiy intellekt kabi masalalarda o‘zaro tajriba almashish imkoniyatlari o‘rganib chiqildi. Shuningdek, Turkiyalik olimlar bilan hamkorlikda Universitet ilmiy jurnallari nufuzini oshirish bo‘yicha kelishuviga erishildi.