TIQXMMI yangiliklari

img
21.10.2023

Muzeyga sayoxat

Joriy yilning 19 - oktabr kuni “TIQXMMI” MTU  "Gidromelioratsiya" fakulteti tyutori G. Axmetjanova  boshchiligida 1 bosqichning faol talabalari bilan birgalikda “Islom Karimov ” muzeyiga tashrif  buyurishdi.

Muzey Prezident Sh. Mirziyoev tashabbusi bilan 2017 yilda ochilgan bo'lib,  bu erda I. Karimovning hayotining turli davrlaridagi rasmlarini, noyob fotosuratlarini, hayoti va faoliyati haqidagi barcha ma’lumotlarni topishimiz mumkin. Bu erdagi sovg‘alar, esdaliklar, mukofotlar va turli eksponatlar bilan  bezatilganligi kishini e’tiborga tortadi. Muzey haqida undagi ma’lumotlar, rasmlar, eksponatlar haqida muzeyshunos juda kerakli ma’lumotlarni qiziqarli tarzda gapirib berdi. Talabalar a’lo kayfiyatda kerakli ma’lumotlarni olib qaytishdi.