TIQXMMI yangiliklari

img
19.10.2023

INNO WEEK 2023: O’zbekiston-Germaniya Ilm-Fan kuni

Barchamizga ma’lumki, joriy yilning 17-20 oktyabr sanalarida  mamlakatimizda O’zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi  tomonidan tashkil qilingan “INNO WEEK.UZ- 2023: Innovatsion g’oyalar  haftaligi doirasida Xorijiy va O’zbekiston Oliy Ta’lim Muassasalari vakillari ishtirok etishmoqda.

Joriy yilning 18 oktabr sanasida “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti Innovatsiya va Ilmiy ishlar bo’yicha prorector Prof. Toxir Sultonov rahbarligida turli kafedra professor-o’qituvchilari Innoweek 2023 doirasida “O’zbekiston-Germaniya Ilm-Fan kuni” halqaro ilmiy konferentsiyada ishtirok etishdi.

Ushbu tadbirdan ko’zlangan maqsad Germaniya va Oʻzbekistondagi tadqiqot va innovatsiyalar bo’yicha soha vakillari oʻrtasidagi halqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, Germaniyada mavjud innovatsion g’o’ya va ilmiy ishlanmalar muallaiflari, OTM vakillarini moliyalashtiruvchi davlat tashkilotlari, ilmiy tadqiqot yoʻnalishlariga mos bo’lgan halqaro grant loyixalar va mavjud imkoniyatlar tog’risida qatnashuvchilarga batafsil ma’lumotlar taqdim qilish, turli qo’shma loyixalar bo’yicha Germaniya va O’zbekiston vakillari taqdimotlarini tinglash, savollarga javoblar olish orqali o’zaro bilim almashish yaqin kelajakda  yanada yuqori natijalarga erishishdir.