TIQXMMI yangiliklari

img
17.10.2023

 Umumiy o‘rta ta’lim maktabi bilan hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev raisligida 02.04.2022 yilda o‘tkazilgan xalq ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligiga bag‘ishlangan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori tomonidan “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti “Nasos stansiyalari va gidroelektrostansiyalar” kafedrasiga Piskent tumanida joylashgan 27 - umumiy o‘rta ta’lim maktabi biriktirilib va  o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan edi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan   hamhorlikni davom etirish maqsadida 27 - umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif amalga oshirildi. Tashrif davomida maktablarning bugungi holati o‘rganildi va maktab o‘qituvchilari salohiyati tahlil qilindi. Hamkorlikning davomiyligini taminlash uchun ushbu maktablar va kafedra o‘rtasida ta’lim-tarbiya jarayonini yaxshilash yuzasidan joriy o’quv yili uchun amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha yo‘l xaritasi tasdiqlandi.

Universitet matbuot xizmati