TIQXMMI yangiliklari

img
12.10.2023

“Energetika, qurilish va qishloq xo‘jaligi muhandisligi” bo‘yicha 4-xalqaro konferensiyaning ochilish tadbiri

Bugun  “Energetika, qurilish va qishloq xo‘jaligi muhandisligi” bo‘yicha 4-xalqaro konferensiyaning ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Konferensiyaning yuqori saviyada tashkillashtirishda bizga yelkadosh bo‘lib, yaqindan ko‘mak berganliklar:

-Malayziyaning Perlis Malayziya universiteti

-  Polshaning Krakov texnologiya universiteti

-  Indoneziyaning Sumatera Utara universiteti

-  Turkiya davlatining Karabuk universiteti

-  Jizzax politexnika instituti

-  Energetika muammolari instituti

-  Ekologik partiyasi rahbariyatiga

-  Turkiyaning Karabuk universiteti

-  Perlis Malayziya universiteti

-  AQShning Virjiniya ilg‘or tadqiqotlar texnologiya instituti

- Indoneziyaning Sumatera Utara universiteti o‘z nomimdan chuqur minnatdorchilik bildiraman.

Mazkur konferensiyada spikerlar Indoneziyaning Sumatera Utara universiteti rektori, professor Muryanto Amin,  AQShning Virjiniya ilg`or tadqiqotlar texnologiya instituti direktori, professor Saifur Rahmon,  Perlis Malayziya universiteti vise kansleri, professor Zaliman Sauli, Turkiyaning Karabuk universiteti prorektori, professor Ismail Rakip KARASh va boshqalar energiya, qurilish va qishloq xo`jaligi muxandisligi sohalari bo`yicha ilmiy ma’ruzalar bilan ishtirok edi

Konferensiyaga energetika, qurilish va qishloq xo‘jaligi sohasida Malayziya, Indoneziya, Polsha, Nigeriya, Efiopiya, Slovakiya, Peru, Turkiya, Ispaniya, Misr, AQSh, Hindiston, Vetnam, Buyuk Britanya, Iroq, Iordaniya, Bangladesh, Yaponiya, Suriya, Qozog‘iston, Xitoy, O‘zbekiston kabi 22 ga yaqin davlat olimlarining ilmiy-amaliy ishlari aks etgan 290 dan ziyod ilmiy maqolalar kelib tushganligi buning yaqqol isbotidir.

       Konferensiyaga kelib tushgan ilmiy maqolalar 120 tasining saralab olinganligi, ushbu konferensiyaning saviyasi va qabul qilinadigan maqolalarga qo‘yilayotgan talabning oshib borayotganligini ko‘rsatadi.