TIQXMMI yangiliklari

img
11.10.2023

Samarali muloqot hamkorlikda

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti ” Milliy tadqiqot universiteti “Professional ta’lim” kafedrasi va Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi 1-sonli IDUM bilan 2023-yil sentabr oyidan 2024-yil may oyigacha bo’lgan ishlar bo’yicha yo’l xaritasi tasdiqlashgan  bo’lib, ta’lim sifati va o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish maqsadida-ularni  metodik qo‘llab - quvvatlash uchun hamkorlik ishlari olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan bugun 11-oktyabr kuni universitetimiz “Professional ta’lim” kafedrasi mudiri D.Muqumova va katta o’qituvchisi A.Jumanov hamda Professional ta’lim 4-kurs bitiruvchilari bilan birgalikda maktabga tashrif buyurishdi. Toshkent viloyati Nurafshon  shahri 1- IDUM direktori Li Natalya Aligeriyevna va maktab o’qituvchilar bilan birga «Bliss» o’yin tarzida tezkor savollarga tezkor javoblar tashkil qilindi.

Oktabr oyi uchun belgilangan reja ya’ni kafedraning malakali professor-o‘qituvchilar ishtirokida notiqlik san’atiga qiziqishi bo’lgan o’qtituvchilar bilan yuqori saviyada va qizg’in seminar-trening natijasida maktab jamoasi shunga o’xshash yana ishlashga motivatsiya beradigan mahorat darslarini kutib qolishlarini aytdilar.

 

“Professional ta’lim” kafedrasi assistenti Z.Temirova axboroti

Universitet matbuot xizmati