TIQXMMI yangiliklari

img
11.10.2023

“BАLLI QIZLАR” intellektual o’yini

Har yili 11 oktabrda butun dunyo boʼylab qizlar kuni keng nishonlanadi. Chunki BMT Bosh Аssambleyasining 2011 yil 19 dekabrdagi rezolyutsiyasiga asosan, 11 oktabr “Xalqaro qizlar kuni” (International day of the Girl Child) deb eʼlon qilingan. Jumladan, joriy yil 10 – oktyabr kuni TIQXMMI MTU, Universitet xotin-qizlar bilan ishlash boʼyicha Kengash raisi Zuxra Karabaevna rahbarligida “Gidromelioratsiya” fakulteti xotin-qizlar bilan ishlash boʼyicha dekan maslahatchisi Z.F. Beknazarova va fakultet tyutori G. Аxmedjanovalar tashabbusi bilan talaba qizlar oʼrtasida "Munozara - BАLLI QIZLАR" intellektual oʼyini tadbiri boʼlib oʼtdi. Tadbirda qizlar “pazandalik sirlari”, “orasta qizlar” va “mening xobbiyim” nominatsiyalari boʼyicha oʼz qobiliyatlari boʼyicha kuch sinashdilar.

Tadbir hakamlari tomonidan eng qobiliyatli qizlar saralanib, sovgʼalar bilan mukofatlanishdi. Bayram tadbiri chiroyli kayfiyatda oʼtkazildi. Bunday amalga oshirib kelinayotgan tadbirlar qizlarimizning har tomonlama yetuk va barkamol shaxslar sifatida ulgʼayishlari uchun, jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, tengdoshlari oʼrtasida hamkorlik va tashabbuskorlik muhitini yaratadi.

Bulardan koʼzlangan maqsad esa – erkin va farovon jamiyatni barpo etishda yuksak maʼnaviyatli, mustaqil fikrlaydigan, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega tashabbuskor, shijoatli, el-yurt manfaati yoʼlida bor kuch-gʼayrati, bilim va salohiyatini safarbar qiladigan, masʼuliyatni oʼz zimmasiga olishga qodir qizlarni tarbiyalashdir.

Universitet matbuot xizmati