TIQXMMI yangiliklari

img
11.10.2023

Tadbirkor talaba bilan uchrashuv

Joriy yilning 10-oktabr kuni universitet madaniyat saroyida Energetika fakulteti “TIQXMMI”MTU bitiruvchisi,TSUE UPI talabasi Savdo Sanoat Palatasi IT departament rahbari, “Renessans Holding”, “Tanlaganlar”, “Ekobike”, “Handiy” kompaniyalar rahbari va asoschisi Ne’matov Miraziz Miraliyevich bilan talabalar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Miraziz Miraliyevich hozir ham talaba bo‘lishiga qaramasdan tadbirkorlik ishlarini davom ettirib kelayotganligi hamda tadbirkorlik sirlari bilan o‘rtoqlashishdi.

Miraziz Miraliyevichdan talabalar o‘zini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

Universitet matbuot хizmati