TIQXMMI yangiliklari

img
11.10.2023

Bitiruvchilar forumi

2023-yilning 11-oktabr kuni "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetida “Bitiruvchilar forumi” tashkil etildi. Mazkur forumda universitetni tamomlaganiga 50 yil to‘lgan bitiruvchilar ishtirok etdi. Forumni universitet rektori B.Mirzayev ochib berdi hamda bugungi kunda universitetdagi o‘zgarishlar, talabalarning har tomonlama chuqur bilim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar va istiqboldagi vazifalar to‘g‘risida bitiruvchilarga maʼlumot berdi. 

O‘z navbatida bitiruvchilar vakillari ham so‘z olib yarim asr vaqt o‘tgandan so‘ng universitetda yana qayta jamlanishganidan xursand ekanliklari, yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar havas qiladigan darajada ekani borasida to‘xtalib o‘tishdi. Shuningdek, bugungi kunda respublika qishloq va suv xo‘jaligi sohasida rahbarlik faoliyatini olib borayotgan bitiruvchilar tomonidan universitet bilan aloqani kuchaytirish, talabalarni amaliyot o‘tashlari uchun shart-sharoitlar yaratib berish kabi ishlarda  har tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirishdi. 

Forum doirasida bitiruvchilar universitetda yangi foydalanishga topshirilgan Axborot resurs markazi, IT-Park hamda O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston Xalq shoiri Abdulla Oripov muzeyiga ham tashrif buyurishdi.