TIQXMMI yangiliklari

img
10.10.2023

Talabalar ligasi

Besh tashabbus – besh imkon” shiori ostida joriy yilning  4-9 oktabr kunlari "Yer resurslari va kadastr" fakulteti talaba-yoshlarni orasida sog‘lom turmush tarzini ta‘minlash hamda sportga keng  jalb qilish, ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo’yicha “Talabalar ligasi” doirasida sportning besh turi mini-futbol, stretbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat turlari bo‘yicha  talabalar faol ishtirok etib yuqori saviyada o’tkazildi.

Bugungi marosimda sportni besh turi bo‘yicha g`oliblikni qo`lga kiritgan talabalarni fakultet dekani Sh.Narbayev tomonidan munosib taqdirladilar. Musobaqalarni ko’tarinki ruhda qiziqarli hamda halol o‘tkazishda “Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi jamoasiga alohida minnatdorlik bildiramiz!

YRK fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H.Eshova axboroti

Universitet mаtbuot xizmаti