TIQXMMI yangiliklari

img
08.10.2023

Universitet - baxt va muvaffaqiyat maskani

2023-yil 7-oktabr kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari iinstituti” milliy tadqiqot universitetini bundan  16 yil oldin “Iqtisodiyot” fakultetini tugatgan sobiq talabalar tashrif buyurishdi.

Ular shu universitetda o‘qiganlari bilan faxr qilishlarini, o‘zlarini o‘qitgan ustozlariga bo‘lgan hurmatlarini bildirishdi. Bugungi kunda oilalali bo‘lib, iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalarida iqtisodchi, buxgalter bo‘lib ishlayotganligini faxr bilan aytishdi.

Uchrashuvda fakultet dekani dots. R.Xakimov ularga minnatdorchilik bildirib, o‘zaro hamkorlik qilish taklifini berdi. Ular ishlayotgan korxonalarga biriuvchilarni ishga joylashtirish, malakaviy amaliyot o‘tashga imkoniyatlar yaratish bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirish lozimligini bildirdi. Zamon tez rivojlanayotganligi sababli ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejasi, fan dasturlari o‘rganib, ularga takliflar berilsa maqsadga muvofiq bo‘lishini ta’kidladi.

Bitiruvchilar universitet bilan hamkorlikda ishlash ular uchun ham foydali bo‘lishini ta’kidlashdi. Uchrashuv qiziqarli va hissiyotlarga boy holda o‘tdi.

 

“Iqtisodiyot” fakulteti dekani R.Xakimov axboroti

Universitet matbuot xizmati