TIQXMMI yangiliklari

img
07.10.2023

Hazrati imom masjidida sayohat

Hazrati Imom (xalq orasida Xast imom nomi bilan mashhur) – Toshkentning eng asosiy diqqatga sazovor joylaridan biridir. Majmua Toshkent imomi, olim, Qurʼon va hadis bilimdoni, Toshkentda islomning ilk targʼibotchilaridan biri, shoir va hunarmand Hazrati Imom (uning toʼliq ismi Аbu Bakir ibn Ismoil Аl-Qaffol Аsh-Shoshiy) qabri atrofida bunyod etilgan. 

Bugun "Toshkent irrigatsiya qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti "Yer resurslari va kadastr" fakulteti 1-kurs 114-115- guruh talabalari guruh tyutori  Turg'unova Maftuna Zakirovna boshchiligida Hazrati imom masjidida sayohat uyushtirishdi.

Sayohat davomida talaba-yoshlar Hazrati imom masjidi hodimlaridan o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. Sayohat juda qiziqarli ta'surotlarga boy tarzda bo'lib o'tdi.