TIQXMMI yangiliklari

img
06.10.2023

Ular she’ri uchdi ko‘p yiroq

2023 - yil 6 oktyabr kuni "Adiblar xiyoboni"da O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov haykali qoshida “TIQXMMI” MTU “Iqtisodiyot” fakulteti dekani R.Xakimov rahbarligida dekan o‘rinbosari J.Turdiyev, tyutorlar, o‘qituvchilar hamda fakultetning iqtidorli talabalari bilan birgalikda O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov ijodi va hayotiy yo‘liga bag‘ishlangan adabiy, ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi.

Ma’rifiy uchrashuvga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bo‘lim boshlig‘i, shoira Farog‘at Xudoyqulova hamda “Sharq yulduzi” va “Zvezda vostoka” jurnallari bosh muharriri shoir Sirojiddin Rauf ishtirok etishdi. Tadbirni fakultet dekani R.Xakimov kirish so‘zi bilan ochib berib, Abdulla Oripovning hayot yo‘li va boy ijodiy merosi bo‘yicha o‘zining fikr - mulohazalari bilan talabalar hamda tadbir ishtirokchilariga o‘rtoqlashdilar.

So‘zga chiqqan shoirlar Abdulla Oripovning ijodi uning vatanni ulug‘lash, uni sevish hamda vatanparvarlik tuyg‘ulari bilan sug‘orilgan ijod yo‘li haqida talaba yoshlarga ruhiy ozuqa va motivatsiya berishdi. Yoshlarda shoir ijodini yaxshiroq o‘rganish va targ‘ib etish bo‘yicha hayotiy misollar va o‘z she’rlari bilan ishtirokchilarda katta qiziqish va taassurot uyg‘otishdi.

Universitetimiz dotsenti Axmedov Abduhakim ishtirokchilar uchun Abdulla Oripov she’riga O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘raev tomonidan ijro etilgan "Birinchi Muhabbatim" ashulasini jonli ijro etib berdi. Tadbirda fakultetimiz talaba yoshlari tomonidan Abdulla Oripov ijodiga mansub she’rlar o‘qildi.

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari J.Turdiev axboroti

Universitet matbuot xizmati