TIQXMMI yangiliklari

img
06.10.2023

Ogohlik davr talabi

Joriy yilning 4-oktabr kuni “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetining 1-kurs talabalariga Mirzo Ulug‘bek tumani Ichki ishlar boshqarmasining Kiber jinoyatga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda bugungi kunda global axborot maydonida kiber makon bilan bog‘liq yangidan-yangi tahdidlar yuzaga kelayotganligi, virtual olamdagi hujumlardan himoyalanish masalasi dunyo hamjamiyatini jiddiy tashvishga solinayotganligi haqida so‘z olib bordilar.

Kiber jinoyatdan himoyalanish bo‘yicha batafsil ma’lumot berib o‘tdilar. Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Tyutori J.Sadullayev axboroti

Universitet matbuot xizmati