TIQXMMI yangiliklari

img
06.10.2023

Yotoqxonadagi qizlar bilan uchrashuv

Joriy yilning 5-oktabrida «Toshkent irrigatsiya va qishloq xojaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universitetining 3-Talabalar yotoqxonasida yashayotgan talaba-qizlar bilan yana bir bor uchrashuv o'tkazildi.  Tadbirda "Iqtisodiyot" fakultet tyutorlari Gulbachor Shodiyeva, Dilbar Egamova ishtirok etib yotoqxonaning ichki tartib qoidalariga to‘liq amal qilishlari lozimligini aytib o’tishdi.

O’quv yili  davomida o'zlari yashaydigan xona va qavat navbatchilari belgilangan vazifalarini o'z vaqtida  va tartibli bajarib borishi lozimligini ta'kidlab  o‘tdilar. Elektr va  gaz jihozlaridan belgilangan qoidalarga rioya qilgan holda foydalanish haqida ham bir qator tavsiyalar berishdi. Har bir xonalar holati ko’zdan kechiridi.

“Iqtisodiyot” fakulteti tyutorlari Gulbahor Shodiyeva, Dilbar Egamova axboroti

   Universitet matbuot xizmati