TIQXMMI yangiliklari

img
05.10.2023

Talabalar yotoqxonasi qizlari bilan uchrashuv

Joriy yilning 4-oktyabrida TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetining 2-Talabalar yotoqxonasida yashayotgan talaba-qizlari bilan yana bir bor uchrashuv o'tkazildi.  Tadbirda fakultet tyutorlari I.Axmedova hamda 2-Talabalar turar joyi tarbiyachi-pedagogi  T.Hudoyberdiyeva ishtirok etib yotoqxonaning ichki tartib qoidalariga to‘liq amal qilishlari talabalarning bir-birlariga do'stona munosabatni yanada mustahkamlash, bir oila farzandlaridek ya'ni opa-singildek munosabatda bo'lish, bir-biriga qo'ldan kelganicha ko'maklashish, maslahatlarini ayamasliklarini e’tirof etdi. Shuningdek, ta'lim jarayonlaridagi  har qanday yutuqlarini o'zaro nishonlash, bayramlarni ko'tarinki ruhda o'tkazishga, tadbirlarda faol bo'lishga talabalikning oltin davrini munosib o'tkazishga chaqirdi. Ayni paytda so`zi davomida o'zlari yashaydigan xonalarni tartibli, ozoda tutish, oshxona jihozlaridan  to'g'ri foydalanish, xona va qavat navbatchilari belgilangan vazifalarini o'z vaqtida bajarib borishi haqida bir so'z bilan aytganda saramjon-sarishta ahil-inoq bo'lib yashashlari shartligi to'g'risida  ta'kidlab  o‘tdilar va har bir  xonalarning holatini ko‘zdan kechirib chiqishdi.

“Ekologiya va huquq” fakulteti tyutori I.X.Axmedova axboroti

   Universitet matbuot xizmati