TIQXMMI yangiliklari

img
04.10.2023

Birinchi kurs talabalari bilan ilk tanishuv

Joriy yilning 4 oktabr kuni "TIQXMMI" MTU Energetika fakulteti 8-ma'ruzalar zalida 1–kurs talabalari bilan universitet  psixologi M.K.Muhammedova ishtirokida ilk tanishuv tadbiri tashkil etildi. Tadbirda universitet psixologi M.K.Muhammedova universitet psixologining maqsad va vazifalari to'g'risida so'z yuritdi va talabalarga psixologiyaning naqadar qiziqarli sohalardan ekanini anglatish maqsadida "Menga qadrli 5 narsa" trening mashg'ulotini o'tkazdi. Bu mashg'ulot vaqt inson iznida ekanida, uni qadrlab maqsad sari olg'a yurish, qo'ldan ketgan vaqtni ortga qaytarib bo'lmasligi, yaqin insonlarni ularning hayot ekanliklarida qadrlash maqsadida tashkil etildi va talabalar tafakkurida vaqt va uni qadrlash haqidagi tushunchalar  go'zal tarzda shakllantirildi. Uchrashuvda Energetika fakulteti tyutori D.Xudoynazarova o'z fikr va mulohazalari bilan talabalar qalbida muhrlanishi zarur bo'lgan qimmatli tavsiyalar berib o'tdi. Tadbir davomida psixologning inson hayotidagi tutgan o'rni haqida B.Abdullayev o'z fikrlarini bildirib o'z hayotiy tajribalaridan misollar keltirib o'tdi. Tadbir barcha talabalar uchun manfaatli bo'lgan tarzda tashil etildi hamda  savol-javob va bahslarga boy holatda kechdi. Barcha yig'ilish ishtirokchilari tadbirda faol qatnashishdi.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati