TIQXMMI yangiliklari

img
30.09.2023

Akmal Mirzo davra suhbati mehmoni

2023 yilning 29 sentabr kuni “Gidromelioratsiya” fakulteti 3-kurs talabalari uchun “Ustoz va murabbiy - ilm makoni” mavzusida aktyor, radioboshlovchi Akmal Mirzo ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. “Gidromelioratsiya” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari B.To‘ychiyev aktyor, radioboshlovchi Akmal Mirzoni talabalarga tanishtirdi hamda so‘z berdi.

U kishi o‘z so‘zida ustozlarning qadr-qimmatda, ulug’likda otamizga tenglashtiriladigan zot ekanini ta’kidladi. Zimiston dunyomizni yorituvchi shamchirog’imiz, hayot yoʻlimizda qoqilmasligimiz uchun otamiz singari qayg’uruvchi suyanchimiz, onamiz kabi duogoʻyimiz, ilm-ma’rifat yoʻlidagi yagona tayanchimizdir. Insonning hayot tarzida, kelajak yoʻlida, qarashlarida ustozning oʻrni beqiyos. Bu bir qator tarixiy dalillar orqali ham oʻz tasdig’ini topgan dep ta’kidladi. Davra suhbati savol - javob asosida o‘tkazildi.

Universitet matbuot xizmati