TIQXMMI yangiliklari

img
30.09.2023

Psixolog bilan uchrashuv

Yer resurslari va kadastrfakultetida maʼruzalar zalida bugun 1 kurs talabalarga fakultet dekani Sh.Narbaev, yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H.Eshova tashabbusi bilan universitet psixologi M.Muxamedova bilan tanishish va ulargaPsixolik xizmattoʼgʼrisida axborot berish maqsadida davra suhbati tashkil etildi. Suhbat avvalida unversitet psixoligi M.Muxamedova psixologning vazifasi nimalardan iboratligi toʼgʼrisida talabalarga maʼlumot berib oʼtdi.

Shuningdek suhbat soʼngida barcha talabalarning bir – birlarini yaxshi tanimaganliklari uchun “Tanishuv” treningini oʼtkazdi. Bunda har bir ishtirokchi oʼz ismi, pozitiv xususiyatlaridan uchtasi va negativ xususiyatlaridan uchtasini aytish kerakligi topshirigʼi berildi. Soat strelkasi boʼylab har bir ishtirokchi oʼz yaxshi va yomon tomonlarini sanab oʼtishdi. Аyrim talabalar oʼz yaxshi xususiyatlarini ham ayta olishmadi. Ularga “Oʼz – oʼziga baho”ning pastligi va bu xususiyatlarni oʼstirish uchun ularga psixolog koʼmagi lozimligi aytib oʼtildi.  Treningda barcha talabalar faol ishtirok etishdi. Shuningdek, shu kabi tadbir 3-kurs talaba-yoshlar oʼrtasida ham oʼtkazildi. Talabalar oʼzlarini qiziqtirgan savollari va oʼzlarini qiynayotgan muammolar boʼyicha ham universitet psixologi M.Muxamedova bilan oʼrtoqlashishdi.

YRK fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H. Eshova axboroti

Universitet  matbuot xizmati