![img](https://tiiame.uz/sites/default/files/photo_2023-09-27_09-45-20.jpg)
Astoydil harakat natijasiz qolmaydi
Joriy yilning 25 sentabr kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti psixologi va xormeysteri M.K.Muhammedova tomonidan Gidrotexnika qurilishi, Gidromelioratsiya, Yer resurslari va kadastr, Iqtisod fakultetlari Xor jamoasining bir guruh talaba yoshlari bilan ustozlar kuniga bag'ishlangan tadbir uchun tayyorgarchilik ishlari boshlab yuborildi. Barcha jamoa a'zolari ustozlarimiz uchun bag'ishlangan qo'shiqlarni sidqidildan kuylab, ijrodagi xato va kamchiliklar ustida ishlab, muxlislar qalbiga go'zal tarzda yetkazish yo'lida sa'i harakatlar olib borishyapti. Jamoa a'zolari astoydil harakat qilishib o'z mehnatlari mahsuli bilan butun dunyoga mashhur bo'lishni o'z oldilariga maqsad qilganlar. Kelgusida jamoa a'zolari ijrosida diltortar qo'shiqlarni kutib qolamiz.
Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti
TIQXMMI MTU matbuot xizmati