TIQXMMI yangiliklari

img
25.09.2023

   Ustozlarga qutlov

Abdulla Avloniy “Har bir millatning saodati, davlatning tinchi va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog’liq”, deganda ustozlar zimmasida juda buyuk mas’uliyat turganini nazarda tutgan bo’lsa ajab emas.

Chunki hozirgi kunda ustozlar oldiga tarbiya bilan bir qatorda ta’lim tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, o’quv-tarbiya jarayoniga ilg’or xorijiy tajribalar, innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, o’quvchilarga zamonaviy kasb-hunarlarni o’rgatish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirishdek ulkan vazifalar ham qo’yilgan.

 

Professional ta’lim kafedrasining professori Ismailova Zuxra Karabaevna ana shunday zaxmatkash va mehribon ustoz!

Sizdek tabarruk va mo’tabar insonlar oldida hamisha ta’zimdamiz!

Sharafli va zahmatli kasbiy faoliyatingizda Sizga va siz orqali barcha ustozlarga mustahkam soglik, oilaviy tinchlik-xotirjamlik, ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Bugun siz jasorat va jur’at timsolisiz!

Universitet matbuot xizmati