TIQXMMI yangiliklari

img
23.09.2023

Ta’lim- tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Professional talim” kafedrasining kengaytirilgan seminari

Joriy yilning 19-sentyabr sanasida “Professional taʼlim” kafedrasida mustaqil tadqiqotchi  Nullayev Ulug‘bek Annazarovichning “Talabalarda xorijiy davlatlar madaniyatiga qiziqishlari orqali kommunikativ kompetentsiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” (Texnika OTMlarida xorijiy tillarni o‘rganish misolida) mavzusidagi 13.00.02 – Taʼlim- tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasi ximoyasi kafedraning kengaytirilgan seminaridan o‘tkazildi. Ilmiy raxbar pedagogika fanlari doktori, professor Ximmataliyev Do‘stnazar Omonovich.

Shu kunlarda mamlakatimizda oliy taʼlim muassasalarida xorijiy tillarni o‘rgatishni yangi bosqichga olib chiqish va xorijiy tillarni o‘qitishda tizimli ishlarni tashkil etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish va ularni mukammal o‘zlashtirish uchun zarur sharoitlar yaratish, xorijiy tillarni o‘qitishning xalqaro tan olingan dastur va darsliklarni taʼlimning barcha bosqichlarida joriy etilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Tadqiqotchi tomonidan mazkur vazifalarini bajarishda Respublikamizda texnika oliy taʼlim muassasalarida talabalarni o‘qitishda ularning xorijiy davlatlar madaniyatiga qiziqishlarini oshirish orqali kommunikativ kompetentsiyalarini rivojlantirish metodikasini rivojlantirish, xorijiy tillarni kasbiy faoliyat mazmuniga yo‘naltirib o‘qitishni yanada takomillashtirishni ilmiy asoslagan. Dissertatsiyani mazmunini o‘rganish natijasida eʼtiroz va takliflarni, qiziqtirgan savollarni berib atroflicha muxokama qilindi. Bildirilgan fikr va takliflarni inobatga olib, Nullaev Ulug‘bek Annazarovichning 13.00.02 – Taʼlim tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Talabalarda xorijiy davlatlar madaniyatiga qiziqishlari orqali kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” (Texnika OTMlarida xorijiy tillarni o‘rganish misolida) mavzusidagi dissertatsiya va avtoreferati O‘zbekiston Respublikasi OAKning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga qo‘yilgan talablarga javob beradi, deb hisoblab va ishni keyingi bosqichga tavsiya etildi. Tadqiqotchi  Nullaev Ulug‘bek Annazarovichga kelgusi ishlarida muvaffaqiyat va ulkan zafarlar tilab qolamiz.

Maʼlumot beruvchi: Professional taʼlim kafedrasi mudiri D.I.Muqumova