TIQXMMI yangiliklari

img
23.09.2023

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetida "Zakovat" intellektual o'yiniga start berildi

Talabalarning bilimlarini yanada oshirish ularning ilmiy, intellektual salohiyatini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yil 22-sentyabr kuni "ZAKOVAT" intellektual o‘yinlarining yangi mavsumiga start berish va "ZAKOVAT" intellektual o‘yinini talabalar orasida ommolashtirish bo‘yicha universitetning iqtidorli talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Roʻzimurat Choriyev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Tohirjon Sultanov, rektor maslahatchisi Anvar Abdusamadov va boshqa mas’ullar ishtirok etishdi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad universitetda "ZAKOVAT" intellektual o‘yinlarini keng miqiyosda tashkil etish va Respublika miqyosida tashkil etilayotgan musobaqalarda yuqori natijalarga erishish uchun nimalar qilish kerak? Va kelgusida bu borada amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan ishlar bo‘yicha ma’lumot berildi. Shuningdek tadbir davomida talabalar bilan ochiq muloqot olib borildi hamda ularning taklif va fikr-mulohazalari eshitildi.

Tadbir yakunida "ZAKOVAT" intellektual o‘yinlariga rasmiy start berildi.

 

Iqtidorli talabalar bo‘limi boshlig‘i         Z.Xolmatov