TIQXMMI yangiliklari

img
14.09.2023

Markaziy Osiyo davlatlari oliy ta'lim muassasalari rektorlarining II Forumi doirasidagi hamkorliklar.

Joriy yilning 13-15 sentabr kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rektorlarining II-forumi o'tkazilmoqda. Forumda "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalsh muhandislari  instituti" Milliy tadqiqot universiteti tomonidan O'quv ishlari bo'yicha prorektor B.A.Xudayarov, Yer resurslari va kadastr fakultet dekani Sh.Narbayev ishtirok etmoqda.

Forumda ishtirokchilar dastlab Tojikiston oliy ta'lim muassasalari tomonidan tashkil etilgan ko'rgazmalar bilan tanishdi hamda Forum ochilishiga bag'ishlangan yalpi yig'ilish va seksiyalar ishida qatnashdilar. Forumning  birinchi kunida universitet delegatsiyasi Markaziy Osiyo universitetlari bilan hamkorlik o'rnatish va mavjud hamkorliklarni yanada kengaytirish bo'yicha kelishuvlarga erishildi. Jumladan, forum doirasida Turkmaniston davlat universiteti va Osh davlat universiteti bilan hamkorlik o'rnatish bo'yicha memorandum imzolandi.

Tojikiston Milliy universiteti va Qozog'iston Xalqaro IT universitetlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish, akademik mobillik, IT va raqamli iqtisodiyot yo'nalishlarida hamkorlikni amalga oshirish masalalari universitet rektorlari bilan kelisildi.
Forum o'z ishini davom ettirmoqda. Forum jarayoniga doir axborotlar berib boriladi.

"TIQXMMI" MTU Yer resurslari va kadastr fakulteti dekani Sh.Narbayev axboroti.