TIQXMMI yangiliklari

img
08.09.2023

Yetakchi xorijiy mamlakatlar ta'lim muassasalari bilan o’zaro innovatsion hamkorlik

Bugun 2023 yil 8 sentabr universitetimizga Germaniya davlati “Yeberswalde” universiteti “Forest and Environment (O'rmon va atrof-muhit)” fakulteti tadqiqotchisi hamda O‘zbekiston va Germaniya iqlim o'zgarishi va sug'orishishi bo‘yicha “VEGERA” loyihasi kordinatori Dilfuza Yuldasheva tomonidan “Professional ta’lim” kafedrasi professor-o‘qituvchiva tayanch doktorantlari hamda to‘rtinchi bosqich “Professional ta’lim” yo‘nalishi talabali o‘rtasida seminar-treningi bo‘lib o‘tdi.

Seminar-trening ingliz va o‘zbek tillarida olib borilib, mavzu quyidagi reja asosida taqdim qilindi:

1. “HNEE” va "TIQXMMI"MTU bilan hamkorlikdagi VEGERA loyihasi.

2. O'zbekistonda qishloq va irrigatsiya.

3. O'zbekistonda iqlim o'zgarishi.

4. Germaniyada o'qish.

5. Barqaror rivojlanish bo‘yicha “Yeberswalde” universiteti.

    

 

Yuqorida sanab o‘tilgan mavzular yuzasidan D.Yuldasheva seminar-treningni yuqori saviyada tashkil etib, Germaniya va O‘zbekiston davlatlaridagi iqlimiy muommolarni tahlil qilib berdi.

 Ushbu seminar-trening jonli muloqot hamda davra suhbati orqali olib borildi. Seminar-trening davomida kafedra professor - o‘qituvchilari va tayanch doktorantlaridan; “Professional ta’lim” kafedrasi mudiri, dotsent D.Muqumova, F.Sadikova, A.Jumanov, G.Jo‘rayeva, S.Yarova, M.Mamataliyeva, Y.Sayfiyeva va 4 bosqich talabalaridan J.Olimjonov, F.Muxlisov, Sh.Beknazarov va S.Kengeshovalar fikr-mulohaza tariqasida savollar o‘rtaga tashlandi. Shunga o’xshash seminer treninglar talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, metodik usullar, motivatsion faoliyatni namoyon bo‘lishiga xizmat qilishi bilan birga, innovatsion amaliy ma’lumotlarga ega bo’ladilar

Ma’lumot beruvchi- “Professional ta’lim” kafedrasi mudiri D.I.Muqumova