TIQXMMI yangiliklari

img
07.09.2023

Birinchi bosqich talabalari uchun motivatsion davra suhbati

“Gidromelioratsiya” fakulteti dekani tashabbusi bilan birinchi kurs talabalari uchun Germaniya yer tadqiqotlari markazi “Gidrologiya” bo’limi yetakchi mutaxassisi Gafurov Abror Asrorjonovich bilan Zoom platformasi orqali motivatsion davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida Abror Gafurov talaba yoshlarga o’zining universitetimizdagi o’qish davri xotiralarini so’zlab berdi. O’zining bugungi kungacha bo’lgan faoliyati davomida erishgan yutuqlari va bu yutuqlarga qanday mashaqqat va talabchanlik bilan erishgani haqida aytib o’tdi.

Bu yutuqlarga erishishning yagona yo’li tinmay bilim – bilim-bilim olish, izlanish va mehnatdan qochmaslik ekanini ta’kidlab o’tdilar. Talabalar tomonidan Germaniya va O’zbekiston ta’lim tizimidagi o’xshashlik va yutuqlar, sohaning yetuk mutaxassisi bo’lish uchun nima ishlarni amalga oshirish zaruzligi to’risida savollar berildi va talabalar o’zlari qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

Universitet matbuot xizmati