TIQXMMI yangiliklari

img
06.09.2023

Talaba bo‘lish ulkan baxtdir

“Talabalik oltin davr” shu oltinga teng davrga o‘z bilim va tafakkuri bilan yetishgan talabalarni 4 sentabr kuni Universitetimiz “Gidromelioratsiya” fakulteti jamoasi ko‘tarinki ruhda kutib oldilar. Bu o‘quv yilida fakultetning 8 ta ta’lim yo‘nalishiga 320 dan ortiq talabalar o‘qishga qabul qilindi. “Gidromelioratsiya” fakulteti dekani boshchiligida, dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari, tyutorlar talabalik baxtiga sazovor bo‘lgan talabalar bilan 2 ma’ruzalar zalida uchrashdilar.

         Dastavval, universitetning faoliyati aks etgan videorolik namoyish etildi. Fakultet dekani tomonidan talabalarini mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligi va talabalarni universitetimizga o‘qishga kirgani bilan samimiy muborakbod etdi. Talabalarga universitetning o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, yoshlarga oid davlat siyosati, universitetdagi ustoz-shogird tizimi, to‘garaklar faoliyati, xalqaro hamkorliklar va erishilgan yutuqlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Mazkur uchrashuvda “Gidravlika va gidroinformatika" kafedrasi mudiri, t.f.d., prof. A.Arifjanov, “Gidroelioratif tizimlardan foydalanish” kafedrasi mudiri, t.f.d., prof. A.Sherovlar talabalarga o‘z tabriklarini yo‘lladilar.

Universitet matbuot xizmati