TIQXMMI yangiliklari

img
05.09.2023

Mustaqillik darsida

“Gidromelioratsiya” fakultetiga 2023-2024 o'quv yili uchun  1 kursga tavsiya qilingan 320 nafar talabalar uchun "1 KURS MAKTABI" doirasida “YANGI HAYOT UCHUN, YANGI O’ZBEKISTON UCHUN” shiori ostida mustaqillik darsi tashkil etildi. Mustaqillik darsini olib borish uchun Respublika ma’naviy-ma’rifiy kengashi ma’rifat targ’ibotchilar a’zosi shoir Botirov Nasriddin Bobomurodovich, Din ishlari bo’yicha qo’mita Mirzo Ulug’bek tumani hokimligi bosh mutaxassisi Amanov Axmadxon Iso o’g’li taklif etildi. Nasriddin Botirov 1 kursga tavsiya qilinganlarni talabalik baxtiga musharraf bo’lganligi bilan tabriklab, “Bugun ma’rifatga e’tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir. Ma’naviyat - eng ta’sirchan va qudratli qurolimiz bo’lishi lozim.

Bizni hamma o’ylantirib keladigan yana bir muhim masala-bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so’z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog’liq. Bugun zamon shiddat bilan o’zgaryapti. Bu o’zgarishlarni hammadan ham ko’proq his qiladigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o’z davrining talabalari bilan uyg’un bo’lsin. Lekin ayni paytda o’zligini ham unutmasin. Biz kimmiz? Qanday ulug’ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o’zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya” deya prezidentimiz mulohazalarini keltirib o’tdi.

“Gidromelioratsiya” fakulteti dekan o’rinbosari: B. To’ychiyev axboroti

Universitet matbuot xizmati