TIQXMMI yangiliklari

img
02.09.2023

Talabalarga imkoniyat -burchimiz

Maʼlumki, hademay, yurtimizda yangi o‘quv yili boshlanadi. Bu jarayonda talabalarni eng ko‘p o‘ylantiradigan masala turar joy va yotoqxona muammosidir. Yangi o‘quv yilida talabalar uchun yotoqxona masalasi qanday hal etiladi? Avvalgi yildagi ayrim kamchiliklar bartaraf etildimi? Talabalarni turar joy bilan taʼminlash tartiblari qanday? Bu kabi ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida universitetimizning yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha prorektor R.Choriyev turar joy bo‘yicha masʼul xodimlarga kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazdi. Unda fakultetlarning yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, fakultet tyutorlari, TTJ direktori, tarbiyachi pedagoglar va komendantlar ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari hamda 1-kurs talabalarini turar joyga joylashtirish maʼmuriy reglament talablari asosida amalga oshirilishi, bunda davlat oliy taʼlim muassasalarining talabalar turar-joyiga joylashishi faqat davlat xizmati markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda – YaIDXP) orqali elektron ariza berish yo‘li bilan amalga oshiriladi hamda talabalarga navbatni onlayn kuzatish va to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratilganligi to‘g‘risida maʼlumot berdi. Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish yangi o‘quv yili uchun anʼanaviy tarzda amalga oshiriladi. Bunda talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza universitet talabalar turar joylariga joylashtirish komissiyasiga muvofiq 3 - sentyabrga qadar joylashtirilishi lozimligi hamda talabalar turar joyida joylashmagan talabalar fakultet dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar tomonidan aniqlangan ijara uylariga joylashtirilib, ijara shartnomasi tuzish kerakligi to‘g‘risida topshiriqlar berib o‘tdi. 

Talabalarni turar joy bilan taʼminlashning shaffof va samarali tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqilgan ustuvorlikka muvofiq joylashtirilishi lozim. Unga ko‘ra, batafsil tushuntiriladigan bo‘lsa, talabalar yotoqxonaga imtiyozli va umumiy ro‘yxat mezonlari bo‘yicha ketma-ketlikda navbat asosida joylashtirilishi lozim deb barcha masʼullarga topshiriqlar berib o‘tildi. 

Universitet matbuot xizmati