TIQXMMI yangiliklari

img
19.08.2023

Universitetimizda talabalarni turar joy bilan taʼminlash markazlari ish boshladi

Hurmatli talabalar! Xabarlaringiz bor tez kunda yangi o‘quv yili boshlanadi. Viloyatlardan kelib universitetimizda tahsil olayotgan talabalarga yashash joy bo‘yicha muammolarni oldini olish maqsadida universitet rahbariyat barcha ishlarni amalga oshirib kelmoqdalar. Misol tariqasida Talabalar turar joyi oldiga Toshkent shahardagi barcha tumanlarda joylashgan ijara uylarning manzillari, uy egalarini F.I.Sh va telefon raqamlari va boshqa maʼlumotlarni olish uchun INFOKIOSKKA qurilmalari o‘rtanildi. Bunda sizlar o‘zlaringizga mos keladigan ijara uylarini qiyinchiliklarga duch kelmasdan topish imkoniyatiga ega bo‘lasizlar. Sizlar uchun barcha sharoitlarni yaxshilar bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.