TIQXMMI yangiliklari

img
21.07.2023

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti va IPB Bogor universiteti professorlari o`rtasida uchrashuv o’tkazildi.  

QS Jahon reytingida 449-o’rinda, Osiyoda esa  112-o’rinda turuvchi IPB Bogor universiteti va Milliy tadqiqot universiteti professorlari o`rtasida uchrashuv o`tkazildi. Uchrashuv davomida professorlar tomonidan to’g’ridan-to’g’ri muzokara va hamkorlik o’rnatish imkoniyati, qishloq xo’jaligida oziq-ovqat xavfsizligi, ekologiya, aniq (koordinatali) qishloq xo’jaligi, innovatsiyalar borasida qizg’in muhokamalar olib borildi.

Universitet olimlari tomonidan yuzma-yuz suhbatda qo’shma ilmiy tadqiqot, talabalar almashinuvi imkoniyatlari, mavjud yutuq va kamchiliklar, g’oyalar almashinuvi uchun ishchi guruh tashkil etish masalalari ko’tarildi. Uchrashuvda tomonlar hamkorlik uchun tayyorligi va talabalar almashinuvi jarayonini tez orada boshlash istagi kuchli ekanligini alohida ta’kidlab o’tishdi. Uchrashuvdan so`ng mehmonlar universitet ilmiy laboratoriya va markazlari bilan tanishishdi.