TIQXMMI yangiliklari

img
12.07.2023

Izlanish va intilish samarasi

Qaysi sohada bo‘lmasin, qanday kasbda ishlamaylik, har bir jabhaning o‘ziga yarasha talablari bo‘lishi muqarrar. Shuni bilgan fidoyi, jonkuyar va intellektual salohiyatga ega yoshlar jamoaning kelajagi, istiqbolimiz mevalaridir. Ularni munosib rag‘batlantirish davlat va hukumatimizning doimiy diqqat markamizda bo‘lishi quvonarlidir.

Innovatsion rivojlanish agentligi O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining 2023-yil 26-iyundagi qo‘shma qaroriga asosan “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD Ozodov Eʼzozbek Oybek o‘g‘li hamda “Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi gidrologiyasi” magistratura mutaxassisligi bitiruvchisi Turdiyev Akbarali Usmon o‘g‘li “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.

 Bugun ertalab Rektoratning kengaytirilgan yig‘ilishida universitetimiz rektori, professor Mirzayev Bahodir Suyunovich ularni samimiy tabriklab ko‘krak nishonini topshirdilar.

Biz har ikkala innovatsion ixtirolarga intiluvchi, intellektual, izlanuvchan yoshlarimizni universitet jamoasi nomidan tabriklaymiz.

 Universitet matbuot xizmati