TIQXMMI yangiliklari

img
26.06.2023

Munozaradan murosaga

23-iyun kuni, Yevropa ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti va Toshkent davlat agrar universiteti bilan hamkorlikda “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida suv va yer resurlaridan samarali foydalanish” mavzusida talabalar bahsi tashkil etildi.

Bahs O‘zbekistondagi qishloq xo‘jaligi mutaxassislarining keyingi avlodi uchun siyosatchilar kabi fikr yuritish imkoniyatini berdi. Har ikki universitetdan 24 nafar talaba loyihalari bilan ishtirok etdi va ushbu loyihalarda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasidagi resurslarning samaradorligi va barqarorligini oshirish uchun moliyaviy resurslarni qanday taqsimlash to‘g‘risida qaror qabul qilish bo‘yicha fikr almashdilar.

Ushbu tashkil etilgan baxslarda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti jamoasi “iPipe” startap loyihasi bilan ishtirok etdi. Bahslar juda qizg‘in va murosasiz tarzda bo‘lib o‘tdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti jamoasi faxrli 1-o‘rinni egallashdi.

Ushbu yuksak natija bilan jamoa a’zolarini chin yurkadan tabriklaymiz va kelgusi ishlarida ulkan muvoffaqiyatlar tilab qolamiz. Bu kabi munozaralar talaba yoshlarning intellektual salohiyatlarini oshishi, mustaqil fikrlash qobilyatlarini yanada yuksaltirishga munosib xizmat qiladi. Shu o‘rinda tadbirni tashkil etgan barcha tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiligimizi bildiramiz.

Iqtdorli talabalar bo‘limi axboroti