TIQXMMI yangiliklari

img
26.06.2023

Hamkorlik rishtasi

Ilm taraqqiyotga mezon ekan, uning kafolati esa hamkorlik ishlari bilan chambarchas bog‘liq. Universitetimiz pedagogi Ra’no Kadirova Turkiya davlatining Bursa texnika universitetining taklif xatiga asosan malaka oshirish, tajriba almashish ilmiy tadqiqot izlanishlari uchun ma’lumotlar yig‘ish maqsadida o‘z hisobidan tashrif buyurdi.

Turkiya davlatining Bursa shahrida O‘zbekiston Respublikasining Anqara va Istambuldagi Konsulliklari hamda Bursa hokimligi hamkorligida O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkazilgani e’tiborga molik hodisa.

Turkiya davlatining ijtimoiy tarmoqlarida keng yoritilgan, ushbu madaniyat kunlaridagi faol ishtiroki hamda Bursa texnika universitetida tashkil etilgan ikki haftalik Kredit mobillik kursida o‘qigani uchun  R. Kadirova maxsus Sertifikat bilan taqdirlandi.

Universitet matbuot xizmati