TIQXMMI yangiliklari

img
19.06.2023

Suvchilar maktabini maqtab

Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan suvchilar maktabi bugungi kunda keng quloch yoyib o‘z faoliyatini davom ettirayotgani e’tiborga molik. Surxondaryo viloyatidagi guruh ikki haftadirki, o‘z ishini jadal ettirmoqda. Viloyatning deyarlik barcha tumanlarida bo‘lishdi. Ular fermer xo‘jaliklarning dalalarida bo‘lib o‘quv-amaliy seminarlarini olib borishmoqda.

Bu dehqonlarga, agrosanoat ishlariga befarq bo‘lmagan har bir fuqaro uchun foydadan xoli bo‘lmayapti. Yaqindagi seminar Denov tumanidagi Sina qishlog‘ida tashkil ettirildi. Seminardan ko‘zlangan maqsad ushbu tizim orqali suvdan foydalanishda samaradorlikni qay darajada amalga oshirish, hosildorlikni qanday qilib oshirish usullari hamda suvdan foydalanish madaniyati borasida amaliy ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Ushbu harakat tizimli asosda boshqa viloyatlarda ham davom etayotgani e’tiborga molikdir. "Suvchilar maktabi“ o‘quv kurslarida joriy hafta mobaynida Andijon, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 1914 tadan ziyod tinglovchining ishtirok etgani quvonarlidir.

       Universitet matbuot xizmati