TIQXMMI yangiliklari

img
17.06.2023

InnoX inkubatsiya dasturi 1-mavsum yakuniy “Demo Day” o’tkazildi

Sirdaryo viloyati Yoshlar Texnoparkida Yoshlarning tahliliy fikrlash, ularni ilmiq-tadqiqot va innovatsion faoliyatga keng jalb etish, iqtidorli tashabbuskor yoshlarning o’z intellektual salohiyatini namoyon qilishi va ijtimoiy moslashuvi uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida InnoX inkubatsiya dasturi 1-mavsum yakuniy “Demo Day” o’tkazildi. Bunda 28 ta jamoa oʻz loyihalari taqdimoti bilan ishtirok etishdi.

Mazkur tanlovda Energetika fakulteti AUTONOMOUS jamoasi aʼzolari ham faol ishtirok etib, 28 jamoa orasida faxrli 2-oʻringa loyiq deb topildi va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.