TIQXMMI yangiliklari

img
16.06.2023

«International House Tashkent» litseyi o’quvchilarining yutuqlari

International House Tashkent litseyining 1-kurs o’quvchilari xalqaro ilmiy konferensiyada sovrinli o’rinlarni qo’lga kiritgani ma’lum bo’ldi. O’quvchilarni va ularning yutuqlari bilan tanishish uchun ularning o’qituvchisi A. M. Nigmatov bilan suhbatlashdik. Mustaqil davlatlar Hamdo’stligida (MDH) tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy tanlovda taqdim etilgan 1af1-guruh o’quvchisi Ashurov Abrorning «Zamonaviy ta’lim tizimini rivojlantirish, oliy o’quv yurtlarida yosh kadrlarni sifatli inklyuziv o’qitishga bo’lgan talablar» xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi doirasida olib borgan ilmiy ishlari, ijodiy g’oyalar, takliflar va yechimlar ilmiy kengash tomonidan ko’rib chiqilgan va bir ovozdan ma’qullangan.

Ashurov Abrorga tantanali ravishda «O’z kasbining fidoyisi» esdalik nishoni, sertifikat, minnatdorchilik xati, shuningdek qimmatbaho sovg’alar topshirildi. Shuningdek, Rajabov Timurbek va Alikulov Akbarshoh «TIQXMMI» MTU o’qituvchisi va «IHT» litseyi Nigmatov A. M. rahbarligida «Journal of universal science research» xalqaro ilmiy jurnalida chop etilgan «Intelligent pump unit control system»mavzusida ilmiy maqolalar yozdilar. Shu munosabat bilan o’quvchilar qimmatli sovrinlar va maqolalar nashr etilishini tasdiqlovchi diplomlar bilan taqdirlandilar.