TIQXMMI yangiliklari

img
15.06.2023

Talabalik oltin davrim

30 iyun Yoshlar kuni munosabati bilan “O‘zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida “Yoshlar oyligi” doirasida muntazam tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Shu o‘rinda bugun 5- TTJda YeRK fakulteti 1- bosqich talabalari o‘rtasida fakultet tyutori D. Egamova tashabbusi bilan, tarbiyachi- pedagog Sh. Islamova, universitet psixologi M.Muxamedova va tyutor O.Abdisamatovlar ishtirokida “Talabalik oltin davrim” mavzusida bir piyola choy va milliy taomlarimizdan bo‘lgan palovxonto‘ra ustida dildan yayrab davra suhbati tashkil qildik.

Ayniqsa katta  qozon va o‘choqda talabalarimiz tomonidan  pishirilgan osh talaba- yoshlar orasida do‘stlik , birdamlik va mexr- oqibat tuyg‘ularini yanada mustaxkamladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Mumtoz qo‘shiq va kuylar bilan tadbirimiz yanada qiziqarli, maroqli va esda qolarli bo‘ldi.          

YeRK fakulteti tyutori D. Egamova axboroti