TIQXMMI yangiliklari

img
06.06.2023

HUAWEI kompaniyasi vakillari “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetiga tashrif buyurdi

Joriy yilning 6-iyun kuni Huawei kompaniyasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasi bo’yicha vitse-prezidenti Van Shunli boshchiligidagi delegatsiya, jumladan kompaniyaning davlat organlari bilan aloqalar bo’yicha mintaqaviy menejeri Chjan Livey, jamiyat bilan aloqalar bo’yicha O’zbekistondagi menejeri Suli Аylayti, OTMlar bilan ishlash bo’yicha O’zbekistondagi menejeri Lobar Mirzaeva “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetiga tashrif buyurdi.

Mehmonlar bilan universitetda tashkil etilgan uchrashuvda universitet rektori Professor B.Mirzayev, O’quv ishlari bo’yicha prorektor B.Xudoyorov va Xalqaro reyting faoliyatini monitoring qilish bo’limi boshlig’i I.Abdurahmanov ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida universitet rektori Prof.B.Mirzaev tomonidan mehmonlarga universitet to’g’risida batafsil ma’lumotlar berilib, yaqin kelajakda amalga oshirilishi rajalashtirilgan ishlar taqdimot qilindi. Shuningdek, HUAWEI kompaniyasi bilan hamkorlikda universitetni to’liq raqamlashtirish, jumladan, barcha binolarni wi-fi zonasi bilan ta’minlash bo’yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar batafsil muhokama qilindi.

HUAWEI kompaniyasi vakillari tomonidan ICT akademiyasi haqida batafsil ma’lumot berildi. Unga ko’ra, ICT akademiyasi kurslarida universitetdan tanlab olingan o’qituvchilar axborot texnologiyalari bo’yicha tahsil olishlari, keyinchalik o’z bilimlarini o’quv jarayoni davomida talabalarga o’rgatishlari mumkin bo’ladi. ICT akademiyasi imtixonidan muvaffaqiyatli o’tgan talabalar xalqaro sertifikatini qo’lga kiritishlari hamda nafaqat O’zbekistonda, balki xalqaro tashkilotlarda ham ishlash imkoniyatiga ega bo’ladilar.