TIQXMMI yangiliklari

img
06.06.2023

Xalqaro ilmiy bazalardan foydalanish bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi

Xalqaro ilmiy bazalardan foydalanish ulardagi ma’lumotlardan olish, yuklash va ommaga yetkazish bugungi zamonaviy ilm-fan taraqqiyotining muhim jihatlaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadlarni o‘zida jamlagan holda, joriy yilning 5-iyun kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida “Oliy ta’lim muassasasi Milliy tadqiqot uchun Web of Science Core Collection imkoniyatlari” mavzusida  seminar-trening tashkil etildi unda “Web of Science” xalqaro tashkilotining mijozlar bilan ishlash bo‘yicha konsultanti Irina Tixonkova ma’ruza bilan ishtirok etdi.

Seminar-treningda universitet ilmiy xodimlari, ilmiy yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan tadqiqotchi olimlar ishtirok etishdi. Irina Tixonkova Web of science bazasiga a’zo bo‘lish tartibi, OTMlarning a’zo bo‘lish tartibi, foydalanishda kuzatiladigan qiyinchiliklar va boshqa mavzularda so‘z olib borildi.

Seminar-treningda so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblarni olishdi.

Seminar-treningda ma’ruza qilingan mavzu bo‘yicha taqdimotni quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin.

https://bit.ly/3P5p3lg