TIQXMMI yangiliklari

img
04.06.2023

Tozalik –salomatlik kafolati

O‘quv yilining juma kuni Talabalar turar joylarida(TTJ) xotin-qizlar bo‘yicha maslaxat kengashi tomonidan barcha fakultet dekan maslahatchilari bilan birga TTJlarda talaba-qizlar tomonidan o‘z xonalarini tartibga solish, xonalardan va oshxona anjomlaridan foydalanish imkonini yanada oshirish masalasida tadbirlar o‘tkazilib boriladi.

Tadbirda har bir talaba-qizlar o‘z xonalarini tartibga solish, sanitariya gigiena qoidalariga amal qilish holatlarini tartibga solish kabi masalalar bilan shug‘ullanadilar.  Shu bilan birga talaba qizlar tomonidan takliflar, ularning ota onalari va o‘zlari tomonidan ta’lim-tarbiya jarayoni va o‘qish jarayonidagi masalalar yuzasidan fikr almashinib olinadi. 2.06.2023 yil universitet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi tomonidan barcha fakultet dekan o‘rinbosarlari birgalikda bu jarayonlarda qatnashib talaba-qizlar bilan birga xonalarni nazoratini olib bordilar.

Z.Ismailova barcha qizlar yashaydigan qavat boshliqlari bilan birga “Talaba-qizlarning amaliet oldi masalalari” yuzasidan suhbat tashkil etildi. Bu jarayonda talaba-qizlar tomonidan amaliyot jarayonlarida xonalarini o‘ziga xos holatlariga qarash, barcha masalalarda tarbiyachiga murojaat qilishi va amaliyot rahbarlari bilan birga amaliyotni yaxshi o‘tkazib kelish masalalarida kerakli ma’lumotlar berildi va ularning savollariga javoblar ham olindi.    

                        

Universitet xotin-kizlar masalalari bo‘yicha maslaxat kengashi raisi tomonidan tayyorlandi

Universitet matbuot xizmati