TIQXMMI yangiliklari

img
04.06.2023

Muzeylar bo‘ylab sayohat

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” –Milliy tadqiqot Universiteti  “Gidromelioratsiya” fakulteti tyutorlari G. Axmedjanova,  U.Usmanov rahbarliklarida 1 bosqich talabalari bilan birgalikda  “Tamaraxonim”, “Sergey Borodin” uy - muzeylariga tashrif  buyurdilar. Tashrif mobaynida Tamaraxonim, S.Borodinlarning hayoti va ijodi, o‘sha davrlardagi liboslar, asarlari, har bir muzeyning yo‘nalishi, eksponatlari o‘ziga xos ekanligini ko‘rishdi.

Muzeylar yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol topishida juda katta ahamiyatga ega ekanligi, muzeylar tariximizning tilsimoti, qadriyatlarimiz beshigi hisoblanib,  ajdodlardan meros bo‘lgan boylikni kelajak avlodga yetkazib beradigan ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy xazinadir. Yillar davomida boyib, to‘lib boraveradigan bu xazina faqatgina madaniy qadriyatlar namoyishigina bo‘lib qolmay, uzoq tarix sahifalaridan so‘zlovchi bebaho kitobdir.

Tarixsiz kelajak yo‘q deganlaridek, 1977 yilning 18 – may kuni Xalqaro muzeylar Kengashi tomonidan ta’sis etilgan kasb bayrami  hozirgi kunda dunyoning bir yuz ellikdan ortiq davlatida keng nishonlanib kelinmoqda.

        “Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori G.Axmedjanova axboroti

              Universitet matbuot xizmati