TIQXMMI yangiliklari

img
30.05.2023

“Agroinjenerlik” amaliyoti qizg‘in davom etmoqda

“Qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalari” kafedrasi dotsenti A.Borotov mas’ulligida joriy yilning 29 may kunidan “Qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash” fakultetining “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish”, “Professional ta’lim” (Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish) va “Qishloq va suv xo‘jaligida texnik servis ta’lim yo‘nalishlarining 2-kurs talabalarining “Agroinjenerlik” o‘quv amaliyoti Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida joylashgan “TIQXMMI” MTU “O‘quv-ilmiy markaz” DUK da qizg‘in davom etmoqda.

Amaliyotga biriktirilgan professor-o‘qituvchilar har bir ishiga mas’uliyat bilan yondoshmoqda. Amaliyot jarayonida talabalar kun tartibiga asosan har kuni ertalab “Sport - sogʻlik garovidir” shiori ostida badan tarbiya mashqlari bilan kunni boshlayapti.

Amaliyot o‘tish uchun barcha shaoitlar yaratilganligi uchun universitet rektori B.Mirzayevga talabalar o‘z minnatdorchiligini bildirdilar.

“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Borotov axboroti

Universitet matbuot xizmati