TIQXMMI yangiliklari

img
29.05.2023

Sirtqi talabalarning universitetimizga ilk tashrifi

Bugun universitetimizning sirtqi 1-bosqich talabalari ilk marotaba universitetimizga tashrif buyurishdi. Tashrif chog‘ida sirtqi bo‘limning dekan o‘rinbosari Jumanov Alisher Asatullayevich va universitetimiz matbuot kotibi professor Raximboy Jumaniyozovlar birgalikda tashrif buyurgan 1-bosqich talabalari bilan uchrashib, ularga universitetimiz tarixi va o‘qish jarayonlari, yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida ma’lumotlar berishdi.

Davra suhbati davomida talabalar bilan fikrlar almashinib, o‘zaro muloqot ijodiy suhbat tarzida tashkil qilindi. Iliq fikrlar va samimiy munosabat bilan kutib olingan 1-bosqich talabalarida yaxshi taassurotlar va tasavvurlar shakllanishi, albatta bu nafaqat universitetimiz to‘g‘risida balki, universitetimiz rahbariyati haqida ham adekvat fikrlar bilan birinchi o‘qish kunini boshlashga turtki bo‘ldi.

Bu marraga erishish har kimga ham oson bo‘lmagan – shuning uchun ham erishilgan yutuqlar barcha uchun bardavom va g‘olibona bo‘lishiga tilakdoshmiz!

Universitet Matbuot xizmati