TIQXMMI yangiliklari

img
27.05.2023

“Toshkent Don Mahsulotlari” AJ tashrif

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 8-oktabrdagi PF–5847-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi “Oliy taʼlim sohasidagi islohotlar natijadorligi hamda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik jarayonlari toʻgʻrisida” oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishi 34-sonli bayoni ijrosini taʼminlash maqsadida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Energetika” fakulteti “5430500-Qishloq va suv xo’jaligida energiya ta’minoti” yo’nalishi 301,302-gurux talabalari 2023 yilning  24 - may kuni “Toshkent Don Mahsulotlari” AJ ga olib bordilar. 

U yerda Toshkent Don Mahsulotlari aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi B.H.Qosimov va talabalar amaliyotini tashkil qilish bo’limi boshlig’i bilan uchrashib korxonadagi texnologik jarayonlar bilan tanishdilar. Talabalar “Toshkent Don Mahsulotlari” AJ korxonasida amalga oshirilgan raqamli texnologiyalar bilan ham  yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.