TIQXMMI yangiliklari

img
26.05.2023

Xalqaro ilmiy-amaliy konferinsiyada dolzarb mavzu

Bugungi kunda dunyoda yer resurslarini boshqarish bilan bogʼliq koʼplab muammolar mavjud. Xususan, yerlarni qayta taqsimlashning faollashayotgani, yer unumdorligining pasayishi va investitsiyalar yetishmasligi, yerlar degradatsiyasini boshqarishning iqtisodiy usullarining sustligi, qimmatli qishloq xoʼjaligi yerlarini yoʼqotishlar shular jumlasidandir.

Joriy yilning 25 may kuni unversitetimizda o’tkazilgan O’zbekistonda Yer resurslarini boshqarishning ustivor yo’nalishlari muammo va yechimlar mavzusida o'tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferinsiyada to’liq maʼlumotlar berildi. Mamlakatimizda ham shunday muammolar yoʼq emas. Demak, yer resurslarini boshqarish nafaqat yerlardan samarali foydalanishga, balki yangi ish oʼrinlari yaratish, kambagʼallikni qisqartirish, oziq-ovqat xavfsizligi, ishlab chiqarish raqobatdoshligi va eksport salohiyatini oshirish kabi eng muhim ustuvor masalalarni yechishga ham koʼmaklashishi kerak.

Konferensiyada taʼkidlandiki, muhtaram Prezidentimiz tomonidan qoʼyilgan vazifalar, yerlarni nafaqat tabiiy resurs, balki iqtisodiy resurs, investitsiya resursi (kapital) sifatida baholash orqali ularni iqtisodiy muomalaga kiritishni, ularni sotish, ijaraga berish va garovga qoʼyishni, shuningdek yerlarni koʼchmas mulk, soliqqa tortish, boshqaruv obʼektlariga aylantirishni ham nazarda tutadi.

Bu esa, shaffof va adolatli yer munosabatlarini yoʼlga qoʼyilishiga, yer mulkchiligi va yer ijarasi huquqi bozorini shakllantirishga, ushbu huquqlar kafolatlarini kuchaytirishga, raqobat muhitini yaxshilashga xizmat qiladi. Noqishloq xoʼjaligi yerlarini kimoshdi savdosi orqali sotish hududiy infratuzilmani yaxshilash va yerlarni xususiylashtirishni ragʼbatlantirish, investitsiya loyihalarini qoʼllab-quvvatlashga xizmat qiladi. Natijada, yerlarni oʼzboshimchalik bilan egallab olish, korruptsiya, noqonuniy daromadlar olish kabi salbiy jarayonlarni bartaraf etish imkoniyatlari yaratiladi. Mamlakat aholisi jadal surʼatlar bilan oʼsmoqda, islohotlar sharoitida yerga boʼlgan ehtiyojlar ortib bormoqda.

Bunday vaziyatda oziq-ovqat muammosini hal qilish va yerdan foydalanishni diversifikatsiya qilish, hududlar salohiyatini oshirishga qaratilgan yer resurslarini boshqarish strategiyasini belgilash mamlakatimiz kelajagining eng muhim ustuvor yoʼnalishlaridan biri sifatida eʼtirof etilishi lozim. Har qanday boshqaruv islohotini muvaffaqiyatli amalga oshirishda boʼlgani kabi yer resurslarini samarali boshqarishda ham malakali kadrlarni tayyorlash, ayniqsa, huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik, boshqaruv, fiskal, bozor, mintaqaviy va investitsiya masalalari boʼyicha kadrlar tayyorlash zarurati paydo boʼlmoqda. Yer resurslarini boshqarish boʼyicha jamoat va ilmiy-texnik kengashlar, ilmiy-tadqiqot institutlari, innovatsion markazlar, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish zarur.

“Yer resurslari va kadastr” fakulteti dekan muovini X.Eshova axboroti

Universitet matbuot xizmati