TIQXMMI yangiliklari

img
24.05.2023

“Uzbekistan GIS Innovation” loyihasi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 19-may kuni Xitoyning Sian shahrida boʻlib oʻtgan “Markaziy Osiyo — Xitoy” formatidagi birinchi sammitidagi mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha muhim taklif va tashabbuslari negizida, joriy yilning 23-may kuni Innovatsion rivojlanish agentligida Oʻzbekiston-raqamli hamjamiyatga bir qadam “Uzbekistan GIS Innovation” loyihasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbir Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Xitoyning aqlli shahar, yer boshqaruvi, koʻchmas mulk, shaharsozlik, quvurlarni boshqarish, kommunal xizmatlar va boshqa shu kabi turli sohalar uchun innovatsion dasturiy taʼminot va GIS platformasi yechimlarini taqdim etishga ixtisoslashgan nufuzli “SuperMap Software” Co., Ltd. kompaniyasi hamkorligida tashkil etildi. Mazkur tadbirda universitetiizning “Gidromelioratsiya” fakulteti, “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar va iqtidorli talabalar ishtirok etishdi.

Tadbir “SuperMap” dasturidan foydalanish bo‘yicha mutaxassislarni muntazam ravishda tayyorlab, malakasini oshirib borishni yo‘lga qo‘yishni, dasturni o‘quv va ilmiy faoliyatda keng qo‘llash masalalarini qamrab olgan. Mazkur tadbir doirasida vazirlik va idoralar, OTM hamda ITMlarning ushbu sohada faoliyat yurituvchi xodimlari uchun SuperMap dasturidan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyish maqsadida seminar-treninglar tashkil etilishi va bepul foydalanish imkonini beruvchi sertifikatlar bilan taqdirlanishi rejalashtirilgan. Seminar-trening joriy yilning 23-24 may kunlari Innovatsion rivojlanish agentligi binosida boʻlib oʻtadi.

Universitet Matbuot xizmati